So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

05 mar 08:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportning texnik va amaliy turlari yanada ommalashadi

Milliy matbuot markazida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini yanada takomillashtirishga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash, ularni manan etuk va jismonan sog'lom qilib kamol toptirish sohasidagi ishlarga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

“Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi o'rinbosari Majid Umarov Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash borasida hamkor tashkilotlar bilan birga ishlab chiqilgan media-reja yuzasidan malumot berdi.


Mazkur hujjat 36 banddan iborat bo'lib, sportning texnik va amaliy turlarini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o'rtasida targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi. Tashkilotning hududiy kengashlari yil davomida “Biz vatanparvarlarmiz” shiori bilan sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkil qilish, ko'rgazmali tadbirlarda yoshlar faolligini oshirishni rejalashtirgan.

Mutaxassislar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan hududlarda sportning texnik va amaliy turlariga kiruvchi karting, avtokross, avtoralli, motokross, triatlon, duatlon, harbiy amaliy kurash, yozgi biatlon, o'q otish, aviamodel, raketamodel kabi sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish, sportchilarning Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirokini taminlash masalalariga etibor qaratdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing