So’nggi yangiliklar

11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0

11 iyu 07:50
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Bosimni engib o'ta olgan jamoa g'olib bo'ladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va darvozabonimiz O'tkir Yusupov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi

Srechko Katanec:

— Biz uchrashuvga tayyormiz. Eronni yaxshi bilamiz, ular bilan ko'p bor to'qnash kelganmiz. Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblangan Eronga qarshi bahs oson o'tmasligi aniq. Futbolchilarim o'z darajalarini ko'rsatishlariga ishonaman. Umid qilamanki, har ikki jamoa toza futbol ko'rsatadi va kartochkalarsiz o'yin guvohi bo'lamiz. Biz ham o'z darajamizga egamiz, istalgan jamoa uchun qiyin raqibmiz. Bor etiborimiz ushbu bahsga qaratilgan.

Eronga qarshi g'alabasiz seriya bu shunchaki statistika xolos. Ertangi bahsda eronlik qaysi futbolchilar katta sahnaga chiqadi buni bilmayman. Asosiy etiborim o'z o'yinimizga qaratilgan. Jamoamdagi har bir futbolchi Taremi va Azmun singari futbolchilarga qarshi nima qilayotganini aniq bilib turishlarini istayman. Albatta, ehtiyotkorlikni ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Bosimni engib o'ta olgan jamoa g'olib bo'ladi.

Eron Pro ligasidagi legionerlarimiz haqida

— Jaloliddin Masharipov va Oston O'runov Eron chempionatiga yaxshi moslashdi, bundan juda xursandman. Ayniqsa so'nggi o'yinlarda ikkisi ham yuqori sport formasida ekanini ko'rdik. Ular ertangi bahsda ham o'zlarini ko'rsatishadi, deb o'ylayman. Eng asosiysi ular jamoa uchun o'ynashsin.

Eron tarkibi haqida

— Eron uzoq yillardan beri deyarli bir xil tarkibga ega. Hozir mavsum oxiri va barcha futbolchilarda charchoq bor. Lekin eronlik futbolchilar doim birga va ularda jismoniy tayyorgarlik ham alo darajada. 

Reglament haqida

— Nima sababdan futbolchilarning sariq kartochkalari keyingi bosqichda ham saqlanib qolishi tushunarsiz, ular 3-saralash raundiga “toza” holda o'tishlari kerak.

O'tkir Yusupov:

— Ertaga chiroyli o'yin bo'ladi, Eronga yaxshi niyat bilan keldik. G'alaba qozonib, Vatanimizga yorug' yuz bilan qaytishni niyat qilganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing