11 apr 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Petr Yan bilan uchinchi jangga tayyor: "Agar Yan mag'lub bo'lishni istasa..."
Eng engil vazn toifasida UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling Petr Yanga qarshi uchinchi marta jang o'tkazishga tayyor ekanligini aytdi.
Sterling UFC 273 turnirida Petr Yanni hakamlar qarori bilan: 48-47, 47-48, 48-47 xisobida mag'lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi.
"Agar Yan menga 0:3 hisobida yutqazishni istasa, yuz foiz bu jangni tashkil qilamiz", - dedi Sterling matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Yan taqiqlangan zarba berganligi uchun texnik mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar