25 avg 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Pyotr Yanga: "Ortingdan boraman rossiyalik do'stim"
Kelib chiqishi yamaykalik bo'lgan amerikalik MMAchi Aldjameyn Sterling Pyotr Yanning raqibi bo'lishi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
Mazkur jang hali rasman elon qilinmagan, ammo UFC prezidenti Dana Uayt ushbu to'qnashuv o'tkazilishini tasdiqladi.
"Nihoyat! Tez orada ortingdan boraman rossiyalik do'stim", - deb xabar qoldirdi Sterling Tvitterdagi sahifasida.
"Orzuni amalga oshirish vaqti keldi. Pyotr Yan oson bo'lmagan raqi. Bu esa menga motivaciya bag'ishlaydi va yanada qattiqroq shug'ullanishga undaydi. SHu tarzda biz ulg'ayamiz.
Yaqin orada Yamayka birinchi UFC chempioniga ega bo'ladi. Agar sen qattiq ishlasang, maqsadinga erishishing mumkinligini men butun jahonga ko'rsataman. Eng engil vazndagi ushbu sovrinni men olaman", - deb qo'shimcha qilgan Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar