26 jan 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling - Sexudo jangining yangi sanasi malum qilindi
Eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aljameyn Sterling hamda ikki vaznda sobiq chempion Genri Sexudo o'rtasidagi jangning yangi sanasi va manzili aytildi.
Taniqli sport sharhlovchisi Deymon Martinning aytishicha, ushbu jang 8 aprel kuni Bruklinda tashkil etiladigan UFC 287 turnirida o'tkaziladi.
"Ha, hali rasman bu malumot o'z tasdig'ini topgani yo'q. Lekin mendagi malumotlarga ko'ra jangni UFC 287 turniri doirasida o'tkazishmoqchi. Hozir hamma gap Aljoda qolgan. Uning kichik jarohati bor. Hammasi unga bog'liq", - dedi jurnalist.
Avvalroq, Sterling - Sexudo jangining 4 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 285 turniri kardidan o'rin olishi aytilgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar