27 may 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling Uaytning O'Melli bilan jang qilishni istamaslik haqidagi aybloviga javob qaytardi
UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling promoushen prezidenti Dana Uaytga murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, Genri Sexudo ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng promoushen rahbari Sterlingni avgust oyida SHon O'Melli bilan jang qilishini aytgan edi. Amerikalik bunga salbiy munosabatda bo'lib, spektaklni keyinga qoldirmoqchi ekanini aytgandi. Keyinchalik esa Uayt Sterlingni jang qilishni istamaganlikda aybladi.
"Telefonda gaplashadigan ahvoldaman boss! Hurmatni saqlab aytadigan bo'lsam, jang kunim menga bir og'iz so'z aytmay, jarohatlarimni so'ramay turib jangni tashkil qilgansan. Jangdan tashqari mening shaxsiy hayotim ham bor. Lekin mayli, qaytib kelaman va yana barcha umidlarni yo'q qilaman", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar