14 fev 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling va Petr Yan besh raundlik jangga kelishib oldi
Ikkinchi engil vazn toifasida UFC reytingining ikkinchi pog'onasidan joy olgan
Aljameyn Sterling hamda rossiyalik Petr Yan besh raundlik jang yuzasidan kelishib olishdi.
"Tug'ilgan kuning bilan Yan! Sen anchadan beri kuchli jangchilarga qarshi jang qilish istaging borligini takidlayapsan. Kel, men bilan jang qil", - deb yozib qoldirgan Sterling “Twitter” sahifasida.
O'z navbatida Yan ham unga tezda javob qaytargan: "Rahmat! Jangni qaerda bo'lishi ahamiyatsiz. Men besh raundlik jang istayman", - degan Yan.
Bu fikrga Sterling rozi ekanligini malum qildi.
Malumot uchun, besh raundlik janglar faqatgina chempionlik yoki kechaning markaziy janglari uchun tashkil qilinadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar