22 apr 19:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling Volkanovskining navbatdagi raqibi bo'lishi mumkinligini aytdi
UFC sobiq chempioni Aldjameyn Sterling 26 aprel kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 274 turnirida hamyurtli Yussef Zalala ustidan g'alaba qozonsa, chempionlik jangiga davogar bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Stakan yarim to'la — g'alaba menga chempionlikka yaqinlashish imkonini beradi. Ko'pchilik meni Movsar bilan jangda g'alaba qildi deb hisoblaydi. Men hamon o'sha jangda yutganimga ishonaman. O'sha “nol”ni olishim kerak edi.
Men chiqib, hozir yaxshi formada bo'lgan yosh raqibni mag'lub etaman. U yaxshi yigit, lekin agar men kerakli ishni qilib, tasirli g'alabaga erisha olsam, bu meni afsonaviy Volkanovskiga qarshi chempionlik jangiga olib chiqish uchun asos bo'ladi", — dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar