18 fev 12:36
Yangiliklar

Sterling - Yan bilan revansh jangi haqida: "Uning yuzi zarbaga loyiq"
"UFC bizning jangimizni mart oyiga rejalashtirgan edi, ammo keyinroq aprelga ko'chirdi. Ulardan bu haqda so'raganimda, Yanning virusga qarshi vakcina bilan emlanmaganini aytishdi. U esa vakcina olganini, gap bunda emasligini aytdi. U vakcina olganmi yoki yo'qmi, buning menga farqi yo'q - uning yuzi zarbaga loyiq, tamom! Bu holat 9 aprel sanasida ro'y beradi.
Men qattiq mashq qilaman, aktyorlik bo'yicha darslarga qatnayman - bizda ko'p yaxshi aktyorlik maktablari bor va men u erda ko'p vaqt o'tkazaman. Siz kinoakademiyaga loyiq bo'lgan yaxshi aktyorni ko'rasiz.
Men ko'rsatgan shoudan hayratda qolasiz. Hattoki, Denzel Vashington "Mashg'ulot kuni"ni ham men bilan solishtira olmaydi. Bu hayotingiz davomidagi eng esda qolarli shou bo'ladi", - dedi Sterling.
Fikrlar