23 avg 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"Stipe Miochich jarohat olgan bo'lishi mumkin" - Aspinall
Britaniyalik UFC jangchisi Tom Aspinallning aytishicha, Stipe Miochich jarohat olgan bo'lishi mumkin.
"Menga Stipe jarohat olgan bo'lishi mumkinligi haqida mish-mishlar etib kelmoqda. Buni uning atrofidagilardan eshitdim. Kecha uning tug'ilgan kuni bo'ldi. U 42 yoshga to'ldi. Yigit jarohat olgan.
Menga keladigan bo'lsak, tayyorman. Janglarga chanqoqman. Bu ikkisi tayyor bo'lishiga ko'zim etmayapti, men esa tayyorman. Ularning istalgani bilan jang qilishga tayyorman. Istalgan paytda", - dedi Aspinall.
Eslatib o'tamiz, Miochich shu yil noyabr oyida Jon Jons bilan jang qilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar