30 jan 14:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Stiv Erceg sobiq chempion bilan jang qiladigan bo'ldi, Asu Almabaevga esa yangi raqib berildi
O'ta engil vaznda UFC sobiq chempioni Brendon Moreno 30 mart kuni Meksikada bo'lib o'tadigan navbatdagi UFC turnirida avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang o'tkazadi.
			Aslida, Erceg 2 mart kuni Las-Vegasda (AQSH) Asu Almabaev bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq bu jang bekor qilindi.
Qozog'istonlik Almabaev endi o'sha kuni braziliyalik Alan Nasimento bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, 2 mart kuni bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirida o'zbekistonlik Ramazon Temirov ham oktagonga chiqadi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar