10 fev 15:31
Yangiliklar

"Stranja-2024". Bugun 14 nafar hamyurtimiz yarim finalda ringga chiqadi, ikkita o'zbek derbisi guvohiga aylanamiz!
Musobaqaning bugungi bellashuvlari doirasida O'zbekiston terma jamoasining 14 nafar azosi ringga chiqadi. Ahamiyatlisi, -54 kg va -75 kg vaznlardagi janglarda vakillarimiz ishtirokidagi bahslarga guvoh bo'lishingiz mumkin.
Yarim final doirasida bahs olib boradigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Vu YU (Xitoy)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Svetlana Kamenova (Bolgariya)
-51 kg: Asilbek Jalilov - Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston)
-54 kg: Hasanboy Do'smatov - Xo'janazar Nortojiev
-57 kg: SHahzod Muzaffarov - Enh-Amar Harhuu (Mo'g'uliston)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Asror Vohidov (Tojikiston)
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Sahakyan (Armaniston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Yaroslav Harciz (Ukraina)
-71 kg: Iqboljon Xoldarov - Akash (Hindiston)
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Javohir Ummataliev
-86 kg: Samandar Jalolov - Pavlo Michkovskyi (Ukraina)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Nikolaz Begadze (Gruziya)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan boshlab start oladi.
Fikrlar