05 fev 23:58
Yangiliklar
Boks/MMA
"Stranja-2024". Ikki bokschimizda g'alaba, yana ikki nafari esa musobaqa bilan xayrlashdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha "Stranja-2024" xalqaro turniri davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida qizlar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar azosi ringga chiqdi. Yakunda ikki bokschimiz g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi, yana ikki hamyurtimiz esa musobaqa bilan shu bosqichda xayrlashdi.
-50 kg: Sabina Boboqulova - Nina Radovanovich (Serbiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)
-57 kg: Nigina O'ktamova - Julia Szeremeta (Polsha), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 5:0)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Kristina Yushchuk (Ukraina), (3-raundda TKO)
-60 kg: Rashida Tagirova - Tetiana Dovgal (Ukraina), (Hakamlar qarori bilan, 1:3).
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar