24 fev 11:15
Yangiliklar
"Stranja-2026". O'zbek - qozoq derbisida hozircha durang. Besh nafar bokschimiz keyingi bosqichda
Musobaqaning dastlabki kunida O'zbekiston terma jamoasining jami 7 nafar azosi ringga ko'tarilib, yakunda ularning 5 nafari o'z janglarida g'alaba qozonishdi. Abdulaziz Jo'raqulov (70 kg) hamda Abdurahmon Mahmudjonov (60 kg) esa qozog'istonlik va turkiyalik raqiblariga qarshi janglarda imkoniyatni boy berishdi.
Kechagi natijalarimiz:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Bekzat Aldamjarov (Qozog'iston) 5:0
-70 kg: Abdulaziz Jo'raqulov - Muhammadsabir Bazarbay Uulu (Qozog'iston) 0:5
-55 kg: Samandar Olimov - Elmir Nabiev (Ukraina) 5:0
-90 kg: Samir Sobirov - Emre Taskin (Turkiya) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Dalai Ganzorig (Mo'g'uliston) 5:0
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Selahattin CHinibulak (Turkiya) 2:3
-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikolay Dishkov (Bolgariya) 5:0.





Fikrlar