22 fev 00:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Stranja. Hasanboy jangsiz keyingi bosqichda, uch sportchimiz qozoq raqibni mag'lub etdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida Stranja turniri davom etmoqda.
Bugun -52 kg vazn toifasidagi bokschimiz Hasanboy Do'smatov italiyalik Skiassa Tommosaga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq, nomalum sababga ko'ra, raqib jangga chimadi. Do'smatov avtomatik tarzda g'alabani qo'lga kiritdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Qizlar o'rtasida -52 vaznli Tursunoy Rahimova qozog'istonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi.
-63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov "Stranja"dagi ikkinchi jangida qozog'istonlik raqibidan ustun keldi.
-57 kg vaznli Setora Turdibekova ham qozog'istonlik raqibasidan ustun keldi.
-69 kg vazn toifasida Jahongir Rahmonov italiyalik bokschiga qarshi ringga ko'tarildi va g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar