01 mar 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

"Stranja" turnirida ishtirok etgan bokschilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi + FOTO
Xabar berganimizdek, bokschilarimiz Bolgariyaning Sofiya shahrida tashkil etilgan xalqaro "Stranja" turnirida ishtirok etib, 3 ta oltin va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgandi.
Erkaklar terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida Bobousmon Baturov, Dilshodbek Ro'zmetov va Bahodir Jalolov oltin, SHahobiddin Zoirov va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, shuningdek qizlarimizdan Navbahor Hamidova bronza medallarini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar