28 iyu 07:18
Yangiliklar
Tennis
Sultonov final chiptasi uchun bahsda birinchi raketkani "yanchdi"
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnirda finalchilar aniqlandi.
Quvonarlisi, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov musobaqaning hal qiluvchi final bahsiga yo'l oldi. Hamyurtimiz 1/2 finalda turnirning birinchi raketkasi, SHimoliy Makedoniya vakili Oleg Prixodkoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 632, Prixodko 410-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Humoyun endi bosh sovrin uchun yana bir SHimoliy Makedoniya tennischisi Kalin Ivanovskiga qarshi kortga chiqadi. 22 yoshli Kalin ATP reytingida 1147-pog'onada bormoqda. Final bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar