02 iyu 08:02
Yangiliklar
Tennis
Sultonov Germaniyada muvaffaqiyatli start oldi, u raqibini "suxoy"ga yutdi
Germaniyaning Marburg shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF tasnifiga kiruvchi M25 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raqamli raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. U ilk bosqich doirasida niderlandiyalik Jim Xendriksga qarshi kortga chiqdi. Bor yo'g'i 54 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun raqibini sezmadi — 6/0, 6/0.
Taqqoslash uchun, Humoyun ayni paytda dunyo reytingida 603, Jim Xendriks esa 2250-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar