12 apr 14:33
Yangiliklar
Tennis
Sultonov reytingda o'zidan 224 pog'ona yuqoridagi raqibni taslim etdi
Bugun Xitoyning Uning shahrida "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirning saralash bahslari start oldi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashning 1/2 finalida ettinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Yuki Mochizukini 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 802, Mochizuki esa 578-o'rinni egallab turibdi. Ellik olti daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 10, Yuki 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar yaponiyalikda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sultonovning saralash finalidagi raqibi kechroq malum bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar