22 iyu 11:21
Yangiliklar

Sultonov Segoviya turnirida eski tanishi bilan uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Mukofot jamg'armasi 91,250 evroni tashkil etuvchi Open Castilla y Leon Villa de el Espinar turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada gruziyalik Saba Purceladzega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu olti daqiqa davom etgan bahsda Saba o'tgan haftadagi mag'lubiyat uchun revansh oldi - 4/6, 6/4, 6/3.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 268, Purceladze esa 273-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvi bo'ldi. O'tgan hafta Humoyun Ispaniyadagi turnirning ilk bosqichida Sabani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. O'tgan yili o'zaro o'tkazilgan ilk bahsda ham hamyurtimizning qo'li baland kelgandi.
Fikrlar