17 iyu 15:22
Yangiliklar
Tennis
Sultonov Vengriya turniridagi yurishini boshladi
Vengriyaning Dyula shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Musobaqada to'rtinchi raqam ostida tasniflangan vakilimiz ilk davrada germaniyalik Noel Larvigni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/0.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 624, Larvig esa 1164-pog'onadan joy olgan. Humoyun 2 ta eys zarbasini amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar