25 iyu 15:51
Yangiliklar
Tennis
Sultonov Zagrebdagi turnirning 1/4 finaliga chiqdi
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Hamyurtimiz 1/16 finalda polshalik Petr Galusni 7/6(5), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Biroz avval 1/8 finalda xorvatiyalik Antonio Volyavec ham taslim etildi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 632, Galus 1757, Volyavec esa 1547-pog'onadan joy olgan. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Humoyun ertangi 1/4 finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar