18 noy 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Superjang ko'rishimiz mumkin: Pereyra Jonsga qarshi BMF kamari uchun jang qilishga rozi
Yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik UFC chempioni Aleks Pereyra og'ir vaznning amerikalik chempioni Jon Jons bilan jang qilishga rozilik berdi.
Avvalroq, Jons UFC 309 turniri matbuot anjumanida Aleks Pereyra bilan jang qilmasa, UFC'dan ketishi mumkinligini aytgandi.
"CHama, o'zimning akam! Kel, ularni kutishga majbur qilamiz...", deya bunga quyidagi surat bilan munosabat bildirdi Pereyra.
37 yoshli Jon Jons kecha Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 309 turnirining markaziy jangi doirasida Stipe Miochichni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar