25 sen 16:45
Yangiliklar
Suv polosi. Erkaklar jamoalari o'rtasidagi bahslar hal qiluvchi pallada
So'nggi turda Toshkent shahri jamoasidan 22:9 hisobida ustun kelgan Namangan viloyati jamoasi oltin medal uchun kurash olib boradigan bo'ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda ularga Namangan shahridagi Ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi raqib bo'ladi. Ular Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoasini 17:6 hisobida mag'lub etishdi.
Mazkur o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan Toshkent shahri va Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoalari bronza medali uchun o'zaro kuch sinashadilar. Ayni daqiqalarda shuningdek, Namangan shahri va O'zbekiston suzish federaciyasi jamoalari 5-6 o'rinlar uchun bahs yuritishayotgan bo'lsa, 7-8 o'rinlar uchun Farg'ona shahri hamda Namanganning “Yoshlik” jamoalari kuch sinashadi.
Fikrlar