22 sen 18:44
Yangiliklar

Svyontek faoliyatidagi 25-sovrinni Seulda qo'lga kiritdi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi polgalik Iga Svyontek WTA reytingida 11-o'rinni egallab turgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni oson boy bergan Iga kambek evaziga g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 1/6, 7/6(3), 7/5.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Svyontek katta farq bilan oldinda bormoqda - 6:2. Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan final bahsida polshalik 2, rossiyalik tennis malikasi 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Igada ko'proq bo'ldi - 9 ga 6. Breyklar bo'yicha ustunlik birinchi setdagi mutlaq faollik evaziga Ekaterina tomonda bo'ldi - 5 ga 3.
SHu tariqa, Iga SHvyontek professional faoliyatdagi 25-sovrinini qo'lga kiritdi. Korea Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi hamda 164 000 dollar mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Ekaterina Aleksandrova esa bir haftalik mehnatidan 325 ochko va 101 000 dollar ishlab oldi.
Fikrlar