So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

11 avg 07:03
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo. Hamyurtimiz jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi bo'ldi!

Toshkentda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati yakuniga etdi.

Musobaqa yakunida Jahon chempionatida umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan o'rin olgan terma jamoalarning har biriga maxsus kubok topshirildi. Yani eng kuchli beshta erkaklar va eng kuchli beshta ayollar terma jamoasi kubok bilan taqdirlandi. 

Bundan tashqari 8ta yo'nalishda shaxsiy sovrinlar topshirildi. Quvonarlisi o'zbekistonlik Zafarbek Karimov musobaqaning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi. SHunday qilib tarixda ilk bor o'zbekistonlik sportchi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi taekvondochisi  deb topildi. Hamyurtimiz -41 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi. 

Barcha sovrindorlar bilan tanishing:  

- faol ishtirok uchun sovrin - Avstraliya terma jamoasi

- eng jangovar ruhiyat uchun sovrin - Marokash terma jamoasi

- eng yaxshi erkak sportchi - Zafarbek Karimov (O'zbekiston)

- eng yaxshi ayol sportchi - Sanaz Abbospur Fazlabad (Eron) 

- eng yaxshi erkak hakam - Denis Kim (Rossiya)

- eng yaxshi ayol hakam - Kseniya Levai (Serbiya)

- eng yaxshi erkak murabbiy - Sergey Kostanenko (Rossiya)

- eng yaxshi ayol murabbiy - Azam Durusfi (Eron)


Erkaklar

1-o'rin - Rossiya

 2-o'rin - Eron

 3-o'rin - Ukraina

 4-o'rin - Tailand

 5-o'rin - Xitoy Taypei


Ayollar

1-o'rin - Eron

 2-o'rin - Tailand

 3-o'rin - Janubiy Koreya

 4-o'rin - Turkiya

 5-o'rin - AQSH


O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

   
11 avg 11:23:40
Sarvar_Ismoilov
Fokin sport gimnastikasida qatnashib pekinda bronza olgan. Taekwondo 87 kg da jaxon chempioni bolgan bu Dmitriy Shokin böladi.
   
11 avg 10:27:31
Nuriddin 77
Oz uyimizda umumjamoa hisobida juda yomon natija.Tayyorgarlik juda yomon huddi akalari Rafaelovich Fokinlar singari rivojlanish yòq hatto oltin ham biroz ģalatiroq keldi.Bu toģa jiyanlar bn alimpiyadalarda hatto bronza olish tushda bòladi.Taekvandoda ham shaffof yòlga òtmasak vaziyat ancha qiyindek kòrinmoqda.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing