02 iyu 09:40
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo terma jamoamiz katta tarkibda Rim Gran-prisida ishtirok etadi
2-8 iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G6 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tadi.
Nufuzli turnirda vakillarimiz ham katta tarkibda medallar uchun bahs olib boradi. Quyida mazkur muhim musobaqada ishtirok etadigan taekvondochilarimiz ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Erkaklar:
58 kg: Jahongir Xudoyberdiev
68 kg: Diyorbek To'xliboev
68 kg: Najmiddin Qosimxojiev
80 kg: Jasur Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgorbek Jo'raboev.

Ayollar:
57 kg: Madina Mirabzalova
67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova.

Murabbiylar shtabi: Pavel Xan, Maksim Rafalovich, Jasur Boyqo'ziev.
SHifokor: Aleksey CHernyov.
Massajchi: Dilshod Yusupov.
Fotomuxbir: Anvar Ilyasov.
Delegaciya rahbari: Murodjon Mamadaliev.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar