26 iyu 17:59
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo terma jamoamiz "Kazakhstan Open" xalqaro turnirini kuchli uchlikda yakunladi
Qozog'istonning Astana shahrida taekvondo WT bo'yicha G1 kategoriyasidagi "Kazakhstan Open" xalqaro turnirining kattalar o'rtasidagi bellashuvlari tashkil etildi.
Musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza, jami 7 ta medalga ega chiqishdi.
Oltin:
Laylo Xasanova (53 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
Kumush:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Nazarali Nazarov (63 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Bronza:
Asadbek Samandarov (58 kg).
Mazkur natija orqali milliy terma jamoamiz musobaqani umumjamoa hisobida kuchli uchlikda nihoyasiga etkazdi.

Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar