21 may 18:10
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Ulug'bek Rashitov qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritdi
Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha Osiyo qitasi sportchilari uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa o'tkazilmoqda.
Musobaqada -68 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ulug'bek Rashitov bungacha ikki raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga etib kelgani haqida avvalroq xabar qilgandik.
Hozirgina u yarim finalda qozog'istonlik Qayrat Sarimsaqovga qarshi jang qildi va 17:6 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. Ushbu g'alaba orqali Ulug'bek Tokio Olimpiadasi licenziyasini ham naqd qilib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, u bungacha Mo'g'uliston va Filippin vakillariga qarshi jang qilib, g'alaba qozongandi.
www.olamsport.com sayti nomidan Ulug'bek Rashitov, uning yaqinlari va O'zbekiston taekvondo WT associaciyasini muborakbod etamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar