So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

04 okt 10:58
Yangiliklar

Taekvondo, Suv sporti turlari

Taekvondo va suv sporti turlari federaciyalari MOQda hisobot topshirdi

Sportchilarimizni Tokio Olimpiadasiga har tomonlama puxta tayyorlash bo'yicha katta dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib, barcha federaciyalarning ish rejalari Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

Kecha O'zbekiston taekvondo associaciyasi va suv sporti turlari federaciyasi MOQda Tokio Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik dasturlari bo'yicha hisobot topshirishdi. Federaciyalar rahbariyatini Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Takidlash joiz, yig'ilishda sohada ulkan tajribaga ega Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Vitaliy Logvin Rustam SHoabdurahmonovga hamrohlik qildi. 

Malumki, taekvondo va suv sporti turlari bo'yicha o'ynaladigan licenziyalar reglamenti turlicha. SHu bois ham yo'llanmalarni qo'lga kiritish o'zgacha yondoshuv talab qiladi. Taekvondoda Tokio-2020 uchun davogar har bir sportchilarimizning Olimpiada reytingidagi o'rni atroflicha tahlil qilinib, reyting va kvalifikacion turnir orqali qaysi vakillarimiz yo'llanma olishi mumkinligi va bunga nomzod sportchilarimiz belgilab olindi. 

Suhbat davomida terma jamoada yaqinda ish boshlagan janubiy koreyalik mutaxassis Yujing Kim va shifokor Pavel Lining faoliyati ham atroflicha ko'rib chiqildi.

Suv sporti turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medallar o'ynaladigan yo'nalishlardan biri. Vakillarimizning ushbu yo'nalish bo'yicha ko'zlayotgan licenziyalari kam ekaniga suhbatda alohida etibor qaratildi. Bu borada suzish va sixron suzish bo'yicha atletlarimizning imkoniyati yaxshiroq bo'lib, ularning yanada yaxshi sharoitlarda shug'ullanishi, belgilangan Olimpiada normativini bajarish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish borasida qo'shimcha dasturlar ishlab chiqildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing