26 okt 15:04
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochi Jahongir Xudoyberdiev Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!
Usi shahri mezbonligidagi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ilk medalimizga ega chiqdik.
Terma jamoamizning -54 kg vazn toifasidagi azosi Jahongir Xudoyberdiev turnir yarim finaliga qadar etib borib, final yo'lida Koreya Respublikasi vakili Syo Yonsu bilan bahs olib bordi.
SHiddatli kechgan bahsda taekvondo vatani vakiliga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa-da, Jahongir Xudoyberdiev terma jamoamiz hisobiga Jahon chempionatining bronza medalini taqdim etdi.
SHu tariqa, yosh sportchimiz Jahongir Xudoyberdiev faoliyatida ilk bor Jahon chempionati sovrindoriga aylandi. Bu terma jamoamizning Usi-2025 Jahon chempionatidagi dastlabki medali hisoblanadi. Musobaqa davom etadi.

Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar