12 apr 11:25
Yangiliklar

Taekvondochi Ulug'bek Rashitov UFC'ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov faoliyatini MMAda davom ettirish haqida gapirdi.
— Taekvondodagi faoliyatingizni yakunlaganingizda, o'zingizni UFC jangchisi sifatida sinab ko'rgan bo'larmidingiz?
"Ha, ehtimol, sinab ko'rgan bo'lardim. Ayniqsa, men o'zim UFC'ni kuzatib boraman. Ozgina boks va kurash bo'yicha tajriba to'plashim kerak bo'lardi. Undan keyin bemalol sinab ko'rsam bo'lardi o'zimni", deydi Rashitov.
Malumot o'rnida, 23 yashar Ulug'bek Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : instagram.com/diorilkhom
Fikrlar