10 may 20:55
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatini oltin medal bilan boshladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida start olgan kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Konstantin Li boshchiligidagi termamizning 37 kg vazn toifasidagi azosi Sultonbek Nabiev finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bellashuvda serbiyalik David Kukich bilan bahs olib bordi. Quvonchlisi, oltin medal yo'lida kechgan bellashuvda ham Sultonbekning qo'li baland keldi — 2:1 (11:0/3:8/13:5). Sportchimiz turnir doirasida beshta jang o'tkazib, ularning barchasida o'zining ishonchli g'alabalari bilan xursand qildi va yakunda dunyo birinchiligining oltin medaliga ega chiqdi.
SHunday qilib, Sultonbek Nabiev terma jamoamiz hisobiga kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk kunida oltin medalni taqdim etdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar