02 dek 17:39
Yangiliklar
Tajribali velosportchi Olga Zabelinskaya sportchilik faoliyatini yakunladi
"O'zbekiston velosport milliy terma jamoasi azosi, ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi, Olimpiya o'yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya professional sportchilik faoliyatini yakunladi. SHu munosabat bilan velosport federaciyasida tadbir tashkil etildi. Unda federaciya rahbariyati, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etdi.
Olga Zabelinskaya o'z faoliyatini esga olarkan, yosh sportchilarga o'rnak bo'ladigan jihatlarni sanab o'tdi. SHu o'rinda, umidli sportchilarimiz ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali velopoygachidan javob olishdi. Tadbir so'ngida mutasaddilar sobiq sportchimizga qo'lga kiritilgan natijalar hamda terma jamoa bilan bosib o'tilgan yo'l uchun minnatdorlik bildirishdi.
Malumot uchun, Olga Zabelinskaya 2018 yildan boshlab O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi", deyiladi tashkilot xabarida.










Fikrlar