08 jan 07:38
Yangiliklar
Velosport
Rossiyalik Evropa chempioni o'zbek velosporti uchun ilk medalini taqdim etdi
Ayni kunlarda Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo'yicha “Asean Track Series” musobaqasi o'tkazilmoqda.
Turnirning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi azosiga aylangan asli rossiyalik Sergey Rostovcev oltin medalga sazovor bo'ldi. Sportchimiz ushbu muvaffaqiyatga omnium yo'nalishida erishdi.
Qayd etish joiz, ikki bosqichda tashkil etiladigan mazkur turnirda 6 nafar hamyurtimiz yangi murabbiylar Yoxan Donbush (Germaniya) va Olga Zabelinskaya qo'l ostida qatnashishmoqda.
SHuningdek, musobaqaning kechagi kunida Nafosat Kozieva chiqarib yuborish guruh poygasida uchinchi natijani qayd etib, bronza medalini qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar