10 fev 10:25
Yangiliklar
Velosport
Murabbiy rolidagi Zabelinskaya faxriylar o'rtasida tengsiz, Gulhayo Sattorovada esa bronza
Saudiya Arabistonida o'tayotgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz navbatdagi medallarni qo'lga kiritishdi.
Yoshlar o'rtasida kechgan guruh poygasi dasturida Gulhayo Sattorova marraga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medaliga ega chiqdi.
45 yoshdan katta faxriylar o'rtasida tashkil etilgan poygada o'z omadini sinab ko'rgan Olga Zabelinskaya esa ikki yo'nalishda oltin medalga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Zabelinskaya hozirda ayollar jamoamiz murabbiyi hisoblanadi.





Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar