So’nggi yangiliklar

14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0

14 may 19:43
Yangiliklar

Futbol

“Taklif ustida uzoq o'ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv” – Maksim SHackixdan dastlabki fikrlar

Xabaringiz bor, kecha “Andijon” Maksim SHackixni yangi bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirdi.

Bugundan jamoa yangi murabbiy qo'li ostiga o'tdi.

Maksim SHackix “Andijon”ning taklifini qabul qilishi, qanday uslubni yoqtirishi, Osiyo CHempionlar ligasi 2 musobaqasi uchun rejalari haqida klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi:

“Menga “Andijon” FK rahbariyatidan taklif kelib tushdi. “Andijon”ning infratuzilmasini bilganim uchun taklif ustida uzoq o'ylanib o'tirmadim. Ayniqsa,  ashaddiy muxlislar klubni qay darajada qo'llab-quvvatlashlaridan xabardor bo'lganim ham menga qo'shimcha dalda bo'ldi. Har uchrashuvda stadion muxlislar bilan to'lishini bilaman. Axir, futbol avvalo ishqibozlar uchun o'ynaladi. SHu jihatni men eng muhimi deb bilaman. 

Yuqorida aytib o'tganingizdek, ha, bu men va murabbiylar shtabimiz azolari uchun yangi chorlov. Endi o'zimizga bildirilgan ishonch va masuliyatli vazifani bajarish uchun astoydil ishlaymiz. Rahbariyat va muxlislarni maksimal natijalarga erishish orqali mamnun qilishga harakat  qilamiz. Ammo o'z tamoyillarimiz va o'yinga bo'lgan qarashlarimizni jamoaga singdirish uchun vaqt kerak bo'lishini ham aytib o'tmoqchiman. SHunda o'zimiz ko'rishni xohlagan manzara yuzaga keladi. Yakunda mehnatimizning mahsulini ko'ramiz, albatta. Biz faqat hujumkor futbol ko'rsatamiz.  

Hozircha OCHL 2 musobaqasi uchun rejalar haqida gapirishga erta. CHunki turnir sentyabr oyida boshlanadi. Hozircha esa asosiy etiborni chempionat doirasidagi uchrashuvlarga qaratamiz. Tabiiyki, CHLga ham aynan shu o'yinlar orqali etib boramiz. 

Ikkita bahsni stadionni o'zida tomosha qildim. Etarli mahoratga ega o'yinchilar mavjud. Albatta, yozda transfer oynasi ochiladi va tarkibni kuchaytirish yo'lida ham qadam tashlashimiz tayin. To'g'ri, dastlab mavjud imkoniyatlarni chamalaymiz, tarkibdagi o'yinchilar bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 1-davrani ko'ngildagidek yakunlashga harakat qilish kerak bo'ladi. O'z-o'zidan nufuzli musobaqa uchun tarkibni shakllantirish masalasi yuzaga chiqadi. Nega deganda, liganing nufuzi va darajasi butunlay boshqacha. SHundan kelib chiqib yozgi transfer chog'ida qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligini hal etib olamiz”, - deydi Maksim Aleksandrovich, klub matbout xizmatiga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing