25 sen 14:46
Yangiliklar
Tennis
Tamara Korpach WTA 125 turniri chempioniga aylandi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tennis bo'yicha WTA 125 turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 118-pog'onada borayotgan germaniyalik Tamara Korpach dunyoning 109-raketkasi, bolgariyalik Viktoriya Tomovani 7/6(3), 6/7(4), 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi edi - 5:0!
Korpach ertaga elon qilinadigan WTA reytingida Top-100 talikka kirib oladi. Budapeshtdagi muvaffaqiyatli ishtirok Tamaraga 160 reyting ochkosi hamda 12,100 evro mukofot puli keltirdi. Tomova esa olti kunlik mehnatidan 95 ball va 6,454 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar