09 iyu 16:20
Yangiliklar
Xokkey
"Tampa" - qatorasiga ikkinchi yil Stenli Kubogi sohibi!
Milliy Xokkey ligasining final pley-off seriyasidan o'rin olgan beshinchi uchrashuvdan so'ng Stenli Kubogining bu yilgi sohibi aniqlandi.
Unda "Tamba Bey" xokkey klubi Kanadaning "Monreal" jamoasini umumiy seriyada 4-1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, qatorasiga ikkinchi yil ham Stenli Kubogini qo'lga kiritdi. Beshinchi bahsda "Tampa" 1:0 hisobida zafar quchgan. Yagona shayba 33-daqiqada Ross Kolton hisobiga yozildi.
O'tgan yili "Tampa" final seriyasida "Dallas" jamoasini umumiy 4-2 hisobida taslim etgandi. "Tampa" o'z tarixida uchinchi bor (2004, 2020, 2021) ushbu sovrin sohibiga aylandi. 2015 yilda jamoa "CHikago"ga yutqazib (2-4) qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar