So’nggi yangiliklar

17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0 14:16Бугун тўрт нафар ҳамюртимиз "Ҳумо арена"да ўтказиладиган ACA 203'да жанг қилади 0 13:45Эрон миллий терма жамоанинг ЖЧ-2026'даги хавфсизлигини ФИФА билан муҳокама қилмоқчи 0 13:15Дана Уайт Чимаев ва Стрикленд можаросини Хабиб - Конор қарама-қаршилигига қиёслади 0 12:41Сербия Ташқи ишлар вазири "Олимпия шаҳарчаси"да бокс бўйича Осиё чемпионатини томоша қилди (ФОТО) 0 12:12Чимаев Шон Стриклендга қарши жангда фаолиятидаги энг катта гонорарни олади 0 11:39Кейн ЕЧЛда Роналдунинг рекордини такрорлади 0 11:17Жошуанинг спарринг шериги Аргон Смакичи — Баҳодир Жалолов билан жанг ҳақида гапирди 0 10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0

23 may 19:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Taniqli murabbiy Fyuri-Usik jangi haqida: "U oldin bunday raqiblar bilan boks tushmagan" (Mutolaa uchun)

Xabaringiz bor, 18 may kuni Ar-Riyodda katta professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy bahsida Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'zaro kurash olib bordi. 12 raund to'liq davom etgan jangda ukrainalik bokschi hakamlarning ayri qarori evaziga g'alabani qo'lga kiritdi. Jangdan so'ng rossiyalik taniqli murabbiy Vitaliy Slanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

— Usik va Fyuri o'rtasidagi jang haqida nima deya olasiz? U sizning umidlaringizni oqladimi? 

— Bellashuv bunchalik qiziqarli bo'lishini kutmagandim. Bu ancha zerikarli bo'ladi deb o'ylagandim. Jang davomida ular tezlikni oshirishdi, bazi daqiqalarda Fyuri chaqqon edi. 8-raundgacha u yaqqol g'alaba qozonayotgandi. 


— Keyin nima bo'ldi? 

— Fyuri katta bola. Tayson hech qachon bunday chaqqon bokschi bilan jang o'tkazmagan. Usik - buyuk usta. U yutqazayotganini ko'rib, tezlikni oshirdi. Fyuri bo'lsa diqqatni jamlash va nazoratni yo'qotdi. Menimcha, to'qnashuvdan keyin hech kim sudga bermadi. Vaholanki, hakamlar g'alabani Taysonga berishganida, bazilar bahslashishardi, lekin oxir-oqibat buni qabul qilishardi. Aleksandrga g'oliblik ikkita yorqin raund sababli berildi. Agar ular bo'lmaganida Usik g'olib bo'lmagan bo'lardi. Biroq hammasi adolatli tarzda bo'lib o'tdi. 

— 8-raundda burun sinishi muhim daqiqalardan biri bo'ldimi? 

— Balki bu ham rol o'ynagandir. SHundan keyin u o'zini qanday his qilganini bilmaymiz. Usikda bir martalik kuchli zarba yo'q. Fyuri ko'p narsaniushlab turmaydi. U kuchli irodali, lekin ko'p zarbani ushlab turolmaydi. U engil vaznli Kanningem va jismonan baqquvat bo'lgan Ngannudan yiqilgani yodingizda bo'lsa kerak.  

— Nokdaun paytida Taysonning oyoqqa turganiga juda hayron bo'ldingizmi? 

— Usikning hech qanday zarbasi yo'q. Uning jangni erta yakunlash niyati yo'q edi. Katta ehtimol bilan, agar ukrainning o'rnida Uaylder yoki Joshua bo'lganida zerikarli nokaut ko'rgan bo'lardik. Muhim palla aynan o'sha vaziyatda sodir bo'ldi, u jangni o'zi tomonga og'dira oldi. Bizning qo'limizdan faqat qarsak chalish keladi. Barcha gap-so'zlarga qaramasdan, Tayson jasur yigit bo'lib qolaveradi. 

— Taysonning omma oldida chiqishi va g'ayrioddiy harakatlari qanchalik o'rinli edi? 

— Bu uning uslubi. U buni ko'p marta qilgan. Fyuri shunday qilib raqibini aqldan ozdiradi. Uning qo'llari uzunligi bois urish qiyin. 

— Usik ring markazida yaxshiroq harakat qildimi? 

— Usik odatdagidek o'z ishini bajardi. G'azab hech qachon g'alaba uchun asos bo'lmaydi. Jangdan keyingi nutqini tugatgach, u Usik tomon yugurib kelishi meni hayratda qoldirdi. 

— Oxirgi raundlarda Tayson ko'proq klinchga kirishi kerak edi. Nega bu sodir bo'lmadi? 

— Balki, kuchi etmagandir yoki u ochkolar bo'yicha kurashda g'alaba qozonyapman deb o'ylagandir. 8 va 9-raundlarda sxema kesqin o'zgarib ketdi. Biz voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagandik.

— Revansh jangi oldidan taktikani o'zgartirishga urunib ko'rish kerakmi? 

— Murabbiylar shtabi qaror qiladi. Ammo ular biror narsani o'zgartirsa ham, jang uning shartlarini belgilaydi. Dahshatli aprekotdan keyin, nima bo'lganini ko'rdingiz. Ammo men kechaning eng yaxshi jangi sovrinini Jey Opetayya va Mayris Briedisga bergan bo'lardim. 

— Fyuri katta ekanligi bois kichikroq raqib bilan ishlash qiyin bo'lmadimi? 

— U oldin bunday raqiblar bilan boks tushmagan. Usik - u juda tez va hech qachon taslim bo'lmaydigan sportchi. Aleksning yaxshi havaskor boks tajribasi mavjud. Tayson ushbu bahsda kuchsiz emasdi, balki Usik yaxshi tayyorgarlik ko'rgandi. 

— Revansh kuzda bo'lib qolishi mumkinmi? 

— Nimaga yo'q? Bellashuv orda qolganiga endi sanoqli kunlar bo'ldi. Hamma narsa xohish va kim qanday yondashishiga bog'liq. Birinchi jang meni hayratda qoldirdi va xursand qildi. Revansh undan yaxshiroq bo'ladi degan umiddaman.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing