02 okt 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Taniqli promouter Eddi Xirn koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirnning koronavirus uchun topshirgan test tahlili ijobiy chiqqan.
SHu sababli ham u Bakingemshirda joylashgan "Marshall Arena"ni tark etishga majbur bo'ldi. CHunki bu erda yakshanba kuni "Matchroom" tomonidan navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tadi. “Afsuski, hozirgina men (COVID-19) uchun topshirgan test tahlilim ijobiy chiqqanni bildim. SHu sababli Bakingemshirni tark etishga majburman. Asosiysi kecha ishtirokchilardan hech kim kasallanmagan, Endi uyga borib, dam olaman”,-deb fikr bildirgan Xirn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar