14 fev 22:21
Yangiliklar

Taniqli promouter Eddi Xirn O'zbekistonda boks oqshomi tashkil etish haqida gapirdi
Bu haqida Talksport.com saytiga asoslanib Boxer_Tv kanali malum qilmoqda.
U Murodjon Ahmadalievning himoya jangi haqida ham gapirdi.
"Men uning himoya jangini (IBF kamari uchun davogar, yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi) O'zbekistonda tashkil qilishni istardim. Endi biz Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov va Isroil Madrimovni bitta jang oqshomiga qo'yib, O'zbekistonda ajoyib boks oqshomi tashkil qila olishimiz mumkin. Biz u erda 60 000 chipta sotishimiz ham mumkin. Ishonib bo'lmaydigan narsa deysizmi? SHuning uchun ham men buni sinab ko'rishni istayman "- dedi Eddi Xirn.
Malumot uchun, ayni paytda Isroil Madrimov, SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadalievning "Matchroom Boxing" kompaniyasi bilan sopromoushenlik (qo'shma promouterlik) shartnomalari mavjud.
Fikrlar