28 fev 08:27
Yangiliklar
Tanzila Narbaeva yosh velosportchilarga "Damas", 10 ta trek velosipedi va 50 mln so'm mukofot ajratdi
Jizzax viloyatiga safari davomida Tanzila Narbaeva viloyat hokimi Ergash Saliev hamrohligida Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Markazda velosport bilan shug'uullanuvchi yosh o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Federaciya raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5251 qarorining ijrosini taminlash maqsadida markazda velosport bilan shug'ullanayotgan yoshlarning texnik xavfsizligini taminlash uchun bir dona "Damas" avtomobili, shuningdek, 10 dona trek uchun mo'ljallangan velosipedlarni yosh sportchilar ixtiyoriga topshirdi.
Etiborlisi, Tanzila Narbaeva safar davomida velosport bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi, jizzaxlik Nozima Egamberdieva bilan uchrashdi va unga so'nggi musobaqalarda yaxshi natijalar qayd etgani uchun 50 mln so'm miqdorida pul mukofotini topshirdi.
Fikrlar