08 jan 12:11
Yangiliklar
Tapology Morales statistikasidan mag'lubiyatni olib tashladi. Endi uning rekordi 19-0!
Moralesning ikkita jangi ko'rgazma maqomiga ega bo'ldi, bu esa unga o'z statistikasida mag'lubiyatdan qutulish imkonini berdi.
"Ekvadordagi "Ultima Pelea" ligasi hamda uning Maykl Moralesning MMAdagi rekordiga tasiri haqida yangilangan malumot. Biz bu tadbirlarni bekor qilamiz va ularni ko'rgazmali janglar sifatida tasniflaymiz. Ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik ahmoq ekanligimiz haqida ko'plab g'azabli izohlarni intiqlik bilan kutamiz. Oldindan rahmat. Ammo, eng avvalo, biz adolatli bo'lishni va hamma narsani to'g'ri qilishni istaymiz", - deyiladi nashrning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Moralesning statistikasi yangilanganidan so'ng, uning hisobida 20 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor edi. Endi uning rekordi 19-0! Morales 2017 yil 17 yoshida Ekvadorning "Ultima Pelea" ligasi chorak finalida Rikardo Sentenodan mag'lub bo'lgan edi. 7 yanvar holatiga ko'ra, Morales Islam Maxachev chempion bo'lgan yarim o'rta divizion reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar