So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

10 iyu 15:17
Yangiliklar

Futbol

Tariq Salmon: "Biz Eron va O'zbekistonni mag'lub etgan yagona jamoamiz. Raqiblar esa mundial yo'llanmasini nishonlashmoqda"

Teglar :  QatarTariq Salmon
Qatar terma jamoasi himoyachisi Tariq Salmon jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eron bilan o'yin biz uchun qiyin va muhim edi, ayniqsa yangi murabbiy qo'l ostida ahamiyatga ega edi. Endi bizning maqsadimiz o'zgardi. Biz to'g'ridan-to'g'ri saralash bosqichidan o'tmoqchi edik. Ammo pley-offga chiqdik va bizda ikkinchi imkoniyat bor. Inshaalloh, uni qo'ldan boy bermaymiz.

O'zbekistonga qarshi o'yin, shubhasiz, qiyin o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Ular hamon muvaffaqiyatni bayram qilishmoqda va, albatta, mag'lubiyatni xohlamasliklari aniq.

Xuddi shu holat bizga ham taalluqli, chunki biz bu guruhda Eronni enggan yagona jamoamiz. Bu biz uchun katta yutuq. O'zbekistonga nisbatan ham shunday tarifni ishlatishimiz mumkin. Biz O'zbekistonni mag'lub etgan yagona jamoamiz. Bunday natijalar bizning kuchli va hurmatga sazovor jamoa ekanligimizni ko'rsatadi.

Inshaalloh, biz bo'lajak o'yinga tayyormiz. Muhim uchrashuv oldidan juda hayajondamiz. Murabbiy, albatta, mag'lubiyatimizni istamaydi. Biz bu o'yinga shaymiz va muxlislarni xursand qilamiz", dedi 27 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. O'zbekiston mundial yo'llanmasini muddatidan ilgari hal qilgan bo'lsa, Qatar pley-off bosqichida kurash olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing