So’nggi yangiliklar

08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0

31 dek 14:18
Yangiliklar

Dzyudo

Tarix sahifalariga muhrlanayotgan 2022 yil o'zbek dzyudosi uchun tarixiy bo'ldi

Yana sanoqli soatlardan so'ng 2022 yilni kuzatib, yangi 2023 yilni qarshi olamiz.

Tarix sahifalariga muhrlanib borayotgan 2022 yil o'zbek sporti, xususan dzyudosi uchun ham omadli keldi. O'zbekiston tarixda ilk bor kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. O'zbek dzyudosi tarixida ilk bor terma jamoamizning ikki azosi jahon chempioniga aylandi. Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) 35-jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritishdi. Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev shaxsan "Humo Arena"ga tashrif buyurib, final bellashuvlarini kuzatish barobarida shaxsan o'zi Davlat Bobonovning taqdirlash marosimida ishtirok etdi. 

O'zbekiston o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalari mos ravishda Bosniya va Gercegoviniya va Ekvador davlatlarida o'tkazilgan jahon chempionatlarida kuchli beshlikdan joy olishdi. O'smirlarimizdan Barchinoy Qodirova, yoshlarimizdan Jahongir Mamatrahimov sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangradi. 

Diyora Keldiyorova o'zbekistonlik ayol dzyudochilar orasida birinchi bo'lib o'z vazn toifasi reytingi peshqadamiga aylandi. Davlat Bobonov qatorasiga ikkinchi yil ham -90 kg vazn toifasi reytingini 1-o'rinda yakunladi. Tarixda ilk bor 7 nafar dzyudochimiz jahon reytingida karvonboshilik qilishdi.

Jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev O'zbekistonning 2022 yildagi "Eng yaxshi sportchisi" deb topildi. Mamlakatimizning 14 hududida foydalanishga topshirilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo maktablari bolalar bilan gavjum.  

Umid qilamizki, 2023 yil ham o'zbek dzyudosi uchun omadli keladi. Dzyudochilarimiz Portugaliyadagi musobaqa bilan mavsumdagi ishtiroklarini boshlashadi. Mart oyida Toshkentda "Katta Dubulg'a" turniri o'tkaziladi. Yilning eng asosiy musobaqasi - Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz, xususan dzyudochilarimizdan tarixiy natijalar kutib qolamiz. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing