So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

31 dek 19:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Tarix sahifalariga muhrlanayotgan 2022 yil o'zbek professional boksi uchun qanday keldi?

Yana sanoqli soatlardan so'ng 2022 yilni kuzatib, yangi 2023 yilni qarshi olamiz.

Tarix sahifalariga muhrlanib borayotgan 2022 yil o'zbek sporti, xususan professional boksi uchun ham omadli keldi. Ikkinchi engil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliev o'z kamarini himoya qildi. U AQSHning Texas shtatida singan qo'li bilan professional ringdagi 11-jangini o'tkazib, amerikalik Ronni Riosni so'nggi 12-raundda texnik nokautga uchratdi. 

Ko'zga ko'ringan bokschilarimizdan SHahram G'iyosov, SHohjahon Ergashev, SHahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov, Botir Ahmedov, Iqboljon Xoldarov prof ringdagi navbatdagi janglarini o'tkazishdi. Bobousmon Baturov professional boksda muvaffaqiyatli debyut qildi. Bektemir Meliqo'ziev "buyuk qaytish"ni amalga oshirdi. 

Besh oy ichida 9 ta jang o'tkazib, o'zbek boksida rekord o'rnatgan yosh charm qo'lqop ustamiz Otabek Xolmatov (10, 9KO) 26 mart kuni WBA Eliminator jangida ishtirok etdi. U rossiyalik Andranik Grigoryanni 12 raund to'liq davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori (119-109, 119-109, 118-110) bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Yana bir mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov 9 iyul kuni Londonda franciyalik Mishel Soroga qarshi WBA Eliminator jangida ishtirok etdi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang 2-raundda yakuniga etdi. Soroning qoshi yorilib ketgani uchun tibbiyot xodimlari jangni to'xtatishga qaror qilishdi. Isroilning katta ustunligida o'tayotgan jangda texnik durang natija qayd etildi. 

Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi g'alabali seriyasini 2022 yilda ham davom ettirdi. Surxon o'g'loni bu yil hisobidan prof ringda 3 ta jang o'tkazdi. Dastlab polshalik Kamil Sokolovski mag'lub etildi. Jalolov 8 raundga mo'ljallangan jangning 5-raundida chap qo'ldagi kuchli zarbasi evaziga raqibini yiqitdi. Keyin AQSHning Nyu-York shtati Verona shahrida belgiyalik Jek Mulovayi 8-raundda mag'lub etildi. Faoliyatidagi hisob bo'yicha 12-jangi AQSHning Kaliforniya shtatida amerikalik Kyortis Xarperga qarshi bo'lib o'tdi. 10 raundga mo'ljallangan jang 4-raundda Bahodirning g'alabasi bilan yakuniga etdi. 

Bundan tashqari O'zbekistonda promouterlik kompaniyalari faoliyati ham yo'lga qo'yildi. Ular orasida LIFT Promotion promouterlik kompaniyasini alohida aytish o'rinli bo'ladi. Kompaniya tomonidan ikki bor muhtasham "Humo" arena saroyida professional boks oqshomlari o'tkazildi. "Yunusobod" sport majmuasida, shuningdek Navoiyda prof boks kechalari tashkil etildi. 

Darvoqe, bokschilarimizning shaxsiy hayotlarida ham o'zgarishlar bo'ldi. Murodjon Ahmadalievga havas qilib, Isroil Madrimov, SHahram G'iyosov va Bobousmon Baturov bo'ydoqlik bilan xayrlashdi. 

Keling niyat qilaylik, ostonada turgan 2023 yil professional bokschilarimiz yanada omadli kelsin. CHarm qo'lqop ustalarimiz birin-ketin jahon chempionlik kamarlarini O'zbekistonga taqdim etishsin. 

O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing