So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

31 jan 08:42
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Tarixda ilk bor xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start beriladi

Toshkentda ko'p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyining qurilish ishlari jadal davom etayotgan bir paytda poytaxtimizning qoq markazida yana bir qishki sport-ko'ngilochar maskan qad rostladi.

poytaxtimizdagi “Ice City” sport-ko'ngilochar maskaniga media-tur uyushtirildi. Umumiy maydoni qariyb 16 ming m2 bo'lgan bu maskan nafaqat Toshkent shahri aholisi, balki poytaxtimiz mehmonlari uchun ajoyib sovg'a bo'ldi.

O'zbekiston qorli o'lkalar sirasiga kirmaydi. Ayniqsa, so'nggi yillarda iqlimning keskin o'zgarishi sababli negadir yurtimizda qor deyarli yog'mayapti, ayrim bolajonlar esa qor nimaligini, u qanday bo'lishini ko'rmay ulg'ayishmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ice-city (12).jpg

Yangi qurib bitkazilgan “Ice City” sport-ko'ngilochar maskani hamyurtlarimiz uchun qish faslining haqiqiy zavqini his qilish imkonini tuhfa etadi. Ko'p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyi yoki “Ays Avenyu” sport-sog'lomlashtirish majmualaridan farqli o'laroq ushbu muz shaharchasida siz nafaqat qishki sport turlari (xokkey va figurali uchish) bilan shug'ullanishingiz, balki miriqib hordiq chiqarishingiz mumkin.

Ice-city (7).jpg

Yana bir etiborli jihat, bu erda tabiiy qor vositasida barpo etilgan maydonlar va qorli tepaliklar kishida qishning haqiqiy ruhini his qilish imkonini beradi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus qorli maydonchalar ham qurilganki, qor bo'ron o'ynashi yoki qorbobo yasash, xullas qishning haqiqiy nafasini his qilishi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Ice-city (16).jpg

O'smirlar va balog'atga etgan yoshlarimiz esa maxsus Viking River suvli yo'lakchasida o'zlarining haqiqiy dengizchilar, vikinglardek his qilishi mumkin. Qolaversa, maxsus dor yo'lak bo'ylab siz ushbu maskanni yuqoridan tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

f59aeb0d-aa05-4e83-956e-d45f7496c282.jpg

SHunisi ahamiyatliki, quruvchilar bu sport-ko'ngilochar majmuani dekorativ bezashda tabiiy muhitni yaratishga astoydil harakat qilishgan.

Bu erdagi umumiy maydoni 1 800 m2 bo'lgan muz maydoni esa xokkey ishqibozlari uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. O'lchami 60x30 metr bo'lgan bu maydon Olimpiya talablariga to'la javob beradi. SHu bois O'zbekiston xokkey federaciyasi birinchi tarixiy mamlakat birinchiligini shu majmuada o'tkazishni rejalashtirgan. Xokkey maydoni atrofidagi tribunada muxlislar eng shiddatkor qishki sport turini bevosita kuzatib, sportchilar mahoratidan bahramand bo'lishi mumkin.

Ice-city (9).jpg

SHuni takidlash joiz, bu maskan yil davomida aholiga xizmat ko'rsatadi. “Ice City” sport-ko'ngilochar maskanining eng diqqatga sazovor jihati, havo sharidagi sayohat bo'lib, unda majmua kaftdek namoyon bo'ladi.

Ice-city (17).jpg

— Ushbu majmuani barpo etishdan maqsadimiz – Toshkentning qoq markazida shahrimiz aholisi hamda yurtimizga kelgan xorijlik sayyohlar uchun qor shahrini yaratish edi, – dedi biz bilan suhbatda “Ice City” sport-ko'ngilochar majmuasi direktori Dilfuza Tojiboeva. – Loyihamizda sport yo'nalishini ham qamrab olgan holda majmuamizga keladigan mehmonlar uchun miriqib hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qildik. Loyihaning o'ziga xosligi shundaki, Markaziy Osiyoda ham uning analogi yo'q. Majmuani qurish ishlarini boshlashdan oldin jahonning etakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordik. “Ice City” sport-ko'ngilochar maskan loyihasi Italiya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo'lsa-da, qurilish ishlarini o'zimizning mahalliy ishchilar amalga oshirishdi. Tabir joiz bo'lsa aytish kerak, qurilish jarayoni juda qisqa muddatda, atigi bir yilda nihoyasiga etkazildi. Bu erda tabiiy muz va qordan foydalanilgan.

Ice-city (8).jpg


Majmuaning o'rtacha harorati +18 daraja bo'lib, bu dam olishga kelgan insonlar uchun ayni muddao, yani isib ham ketmaydi, sovqotib ham qolmaydi. Ushbu loyiha bilan faxrlansak arziydi. Yana bir jihat, qish mavsumida yurtdoshlarimiz faslning zavqini his qilish uchun CHimyon tog'lariga chiqishlariga to'g'ri keladi. Yo'l olisligi va boshqa omillarni hisobga olsak, buning uchun bir kuningiz ketadi. Bizning majmuada esa shahrimiz aholisi ishdan chiqib ham farzandlari bilan miriqib dam olishlari mumkin.

Ushbu maskanning rasmiy ochilish marosimi 1 fevralga mo'ljallangan. SHu kuni bu erda xokkey bo'yicha birinchi tarixiy O'zbekiston birinchiligiga start beriladi. 2 fevraldan boshlab majmua poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlar uchun xizmat ko'rsatishni boshlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing