12 apr 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Tarozi marosimiga ichki kiyimda chiqqan Ebani jangdan keyin "buzilgan" yuzini ko'rsatdi + FOTO
Kecha Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Taniqli promouter Eddi Xirn tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi doirasidagi janglarning birida Ebani Brijes (5-1, 2 KO) chempion bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.
Avstriyalik bokschi qiz engil vazn toifasida vakant, yani egasiz qolgan WBA kamari uchun britaniyalik SHennon Kortniga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda SHennon ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yangi chempionga aylandi.
Takidlash joiz, Ebani Brijes tarozidan o'tish marosimlariga ichki kiyimda kelishni odat qilgan va shu bilan ancha mashhurlikka erishgan. Bu safar ham shunday bo'lgandi. Ebani jangdan keyin yuzi, aniqrog'i ko'zi qanday holatga kelib qolganini ko'rsatdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar