10 dek 10:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Ebani Bridjes IBF kamarini boy berdi
AQSHning San-Francisko shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Uning doirasida to'rtta chempionlik jangi o'tkazilib, ulardan birida ayollar o'rtasida engil vazn (53,5 kg) toifasi vakilalari Ebani Bridjes (9-1, 4 KO) hamda Miyo Yoshida (16-4) o'zaro ringda to'qnash kelishdi. Jang Ebaniga tegishli IBF kamari uchun kechdi.
To'liq 10 raund davom etgan jangda Miyo Yoshida hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, engil vaznda yangi IBF chempioniga aylandi. Bridjes o'zi uchun ikkinchi chempionlik himoya jangida yutqazib qo'ydi. Aslida u Avril Matiga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Ammo jarohat sabab Matining o'rnini Yoshida egalladi.
Havola :
Fikrlar